AsosiyJamiyat

Kongressda 60 ga yaqin shartnomalar imzolanadi

Toshkentda Madaniy meros haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

'Kongressda 60 ga yaqin shartnomalar imzolanadi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, 18 oktyabr kuni O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU)ning konferens-zalida «Sharq renessansi fenomeni: davlatlar, dinlar va sivilizatsiyalar» mavzusidagi Madaniy meros haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 

Tadbir avvalida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston Madaniy merosi haftaligining qisqacha mazmuni, maqsadi, amalga oshiriladigan ishlar, imzolanishi kutilayotgan shartnomalar va tadbir ishi haqida so‘z yuritib, "Mazkur kongress shu yilning avgust oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan WOSCU VIII Xalqaro kongressining davomi hisoblanadi. O‘tgan kongressda biz memorandumlar imzolagan bo‘lsak, bu kongressda 60 ga yaqin shartnomalar imzolaymiz" deya so‘zini davom ettirdi. 

Qutlov so‘zi uchun Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev so‘zga chiqdi. Ishtirokchilarni qutlab, haftalikning vazifalari, yaqin kunlarda o‘tkaziladigan tadbirlar haqida so‘z yuritildi. 

Yangi O‘zbekistonda davlat tomonidan fan, madaniyat va ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hujjatli film barcha ishtirokchilar e’tiboriga xavola etildi. Filmda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning madaniy merosni o‘rganish va saqlash bo‘yicha ko‘rsatayotgan sa’y-harakatlari, shuningdek, ta’lim dasturlarini joriy etish va WOSCU kongresslarini o‘tkazish kabi tashabbuslari yoritildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Madjidov qutloq nutqi davomida " 3-renissans ezgu g‘oya asisida barcha sohalarda ishlar olib borilmoqda. Sohani rivojlantirishda samarali faoliyat yuritilyapti. 

24 noyabrda yangi O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasiga bag‘ishlab Xalqaro forum tashkil etiladi va barchangizni taklif etib qolamiz", deya kongress ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:37

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:22

    'O‘zLiDeP raisining Xorazmda saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:04

    O‘zLiDeP raisining Xorazmda saylovoldi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

    5 maqsad va 500 vazifa doirasida kelgusi besh yilda amalga oshiriladigan ishlar hamda ularning aholi hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

    'Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:19

    Toshkentda "Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" nomli madaniy meros haftaligi boshlandi

    18-28 oktyabr kunlari haftalik doirasida Toshkent aholisi va poytaxt mehmonlari tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan ko‘rgazmalar tashkil etiladi

    'O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaga ishga chaqirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:47

    O‘zbekiston fuqarolari Turkiyaga ishga chaqirilmoqda

    Temirchi, qolipchi va g‘isht teruvchilar murojaat qilishlari so‘ralmoqda.

    'Toshkentda YPX xodimi tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:21

    Toshkentda YPX xodimi tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi

    Yengil mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsning o‘zini tutishi shubhali ko‘ringan.