AsosiyJamiyat

Toshkentdagi talabalar yotoqxonasida qurilish to‘xtatildi

Agrar universitetining talabalar turar joyi binosida qurilish ishlari sifatsiz olib borilayotgani sabab to‘xtatildi.

'Toshkentdagi talabalar yotoqxonasida qurilish to‘xtatildi'ning rasmi

Toshkent davlat agrar universitetining talabalar turar joyi binosida qurilish ishlari sifatsiz olib borilayotgani sabab to‘xtatildi. Bu haqda viloyat hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent davlat agrar universitetining 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosida pudratchi tashkilot "New brand house" MCHJ tomonidan sifatsiz hamda loyiha talablarini buzgan holda qurilish ishlarini olib borgan.

"Gipsakardon plitasini devorlarga yopishtirish jarayonida profillardan karkaz qilib o‘rnatilishi o‘rniga gips yordamida qotirilgan", deydi Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh inspektori Ismoil Hamidov.

Bundan tashqari, binoning ichki xonalariga kirish eshiklarining "peremichka"larini o‘rnatish va tom ishlari ham tasdiqlangan loyiha hujjatlariga zid tarzda amalga oshirilgan. Bu esa obyektda texnik nazoratchi va ichki nazoratchi ishlamaganidan dalolat beradi.

Ismoil Hamidov so‘ziga ko‘ra, inspeksiya xodimlari tomonidan qurilishda aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan mas’ullarga 14 marta yozma ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, 3 marta jarima choralari qo‘llanilgan, ammo qurilish ishlari shu yo‘sinda davom ettirilgan.

"Bugungi kunda binoda qayta texnik tekshiruv o‘tkazilgunga qadar qurilish ishlari to‘xtatildi. Keng qamrovli reyd tadbirlari Toshkent viloyatining har bir hududida davom etmoqda", deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.