Mana, mamlakatimizda uzoq kutilgan muhim siyosiy jarayon — O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovga ham bir kun qoldi. Mamlakatimizda tashrif buyurgan 600 ga yaqin xorijlik kuzatuvchilar va xalqaro OAV vakillari bu siyosiy jarayonga tayyorgarlik va uni o`tkazish borasidagi fikrlarini Press-club: Elections-2016 matbuot klubidagi uchrashuvlarda o`rtoqlashdi.
Dato‘R.RAJENDRAN, RHA MEDIA SDN BHD TOP-10 agentligi rahbari, kuzatuvchi (Malayziya):
— Men kuzatuvchi sifatida O`zbekistondagi muhim siyosiy jarayonda ishtirok etayotganimdan xursandman. O`zbekistonga birinchi marta tashrifim. Bu erda muhim siyosiy jarayonga — O`zbeksiton Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishga qaratilgan jiddiy e`tibor tahsinga sazovor. Mamlakatda muhim siyosiy jarayonning borishini yoritish bo`yicha, aholi xabardorligini oshirish uchun qo`llananilayotgan axborot texnologiyalar, onlayn muloqotlar o`zta zamonaviy tashkillashtirilgan. O`zbekistonda saylov jarayonining oshkora, ochiq o`tkazilishi ta`minlanayotgani mamlakatda siyosiy saylov qonunchiligi ancha yuqori shakllanganidan dalolat beradi. Har bir saylovchining alohida bitta ovozga, o`z ovoziga egaligi, xalqning faol ishtiroki ayniqsa e`tiborga molik. Bu o`z navbati xalqaro jamoatchilik e`tiborini ham jalb qilgan. O`zbekistonda saylov jarayoni muhim kuchga egaligini guvohi bo`ldim. Aksariyat mamlakatlarda bu jarayon yopiq holda o`tkaziladi. O`zbekistonda esa buning aksi, hammasi ochiq. Buni bu erda saylov jarayoniga tayyorgarlik va uni o`tkazish jarayonida 600 ga yaqin xalqaro kuzatuvchilarning va xorijiy OAV vakillarini ishtirok etayotganida ham ko`rish mumkin.
O`zbekiston mahalliy OAVda nomzodlarning saylovoldi dasturini ochiq-oydin targ`ibot qilayotgani ham alohida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kuzatishlarimda bundan juda ta`sirlandim. Aholi kim uchun nega ovoz berishidan boxabar. Bu juda kerakli va muhim.