AsosiyJamiyat

Prezident Toshkent shahridagi drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirdi

Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham ko‘paygani qayd etildi.

'Prezident Toshkent shahridagi drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirdi'ning rasmi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda “Toshkent-Ohangaron” xalqaro avtomobil yo‘lining 53 kilometrlik qismida 840 mingta daraxt ekilgani o‘ziga xos tajriba bo‘lgani ta’kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga viloyat hokimliklari bilan birga bu tajribani joriy yilda 13 ta xalqaro avtomobil yo‘llarida amalga oshirib, 9 million tup ko‘chat ekish topshirildi. Yana 2 ming kilometr avtomobil yo‘llari yoqasi daraxt ekish uchun 10 ming nafar fuqaro va tadbirkorlarga bo‘lib beriladi.

Samarqand-Qarshi temir yo‘lining 145 kilometr, Toshkent-Samarqand temir yo‘lining 150 kilometr qismida kuz mavsumida 1 million tupdan ko‘chat ekishni tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.

Ekologiya vazirligiga chiqindi poligonlari atrofida 167 ming daraxtni parvarishlab, “yashil belbog‘” barpo etish topshirildi. Dala chetlarida 21 million tup terak, tut va uzum ekish, tarmoq korxonalarida 5 million ko‘chat ekib, “yashil belbog‘” barpo qilish muhimligi ta’kidlandi.

Prezident Toshkent shahridagi holatga alohida to‘xtaldi. Poytaxtning drenaj tizimi ishiga qat’iy e’tiroz bildirildi, kuni kecha bo‘lgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatgani qayd etildi.

Drenajni to‘g‘irlashni o‘zi yetarli emasligi, suvni havzalarda to‘plash tizimini qilib, daraxtlarni sug‘orishga ishlatish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi. Umuman, poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga chiqib, drenaj, yashillik, obodonlashtirish kabi masalalarni tepasida turib o‘zi hal qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bundan tashqari, poytaxtda daraxtlarning kasallanishi ham ko‘paygani qayd etildi. Shahar hokimligiga yil yakunigacha master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar

    'Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdori kamaytirildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2024 20:50

    Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdori kamaytirildi

    Yuk avtomobilining Afg‘oniston hududiga kirishi (3 ming afg‘oni) va Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun yig‘im (7 ming afg‘oni) etib belgilandi.

    'Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2024 17:57

    Chilonzor metro bekati yaqinidagi avtobekat modernizatsiya qilinadi

    Hududda aholi gavjum bo‘lgani sababli aqlli svetofor ham o‘rnatiladi.

    'Ertaga qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2024 17:15

    Ertaga qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

    O‘zgidromet 21 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

    'Vazirliklarning 160 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik subyektida ta’sischi ekani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2024 17:07

    'Prezident o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2024 16:53

    Prezident o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

    Tabrikda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunni hayotga izchil tatbiq qilishda barcha yuksak madaniyat va o‘zaro bir-birini anglash tuyg‘usini namoyon etish lozimligi ta’kidlangan.

    'Dollarning rasmiy kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 21.10.2024 16:15

    Dollarning rasmiy kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.