AsosiyJamiyat

Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdori kamaytirildi

Yuk avtomobilining Afg‘oniston hududiga kirishi (3 ming afg‘oni) va Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun yig‘im (7 ming afg‘oni) etib belgilandi.

'Afg‘onistonda o‘zbek haydovchilaridan undiriladigan yig‘imlar miqdori kamaytirildi'ning rasmi

O‘zbekiston Afg‘oniston tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida o‘zbek haydovchilaridan mamlakat hududida undiriladigan yig‘im va to‘lovlar miqdorini kamaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuk avtomobilining Afg‘oniston hududiga kirishi uchun yig‘im 28 sentyabrdan 3 ming afg‘oniga (taxminan 53 dollar) tushirildi. Bungacha bu 5 ming afg‘oni (76 dollar) edi.

Shuningdek, Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun avval 12 ming afg‘oni (taxminan 182 dollar) miqdorida undiriladigan yig‘im endilikda 7 ming afg‘oni (106 dollar) etib belgilandi.

O‘zbek haydovchilaridan mamlakat hududida undiriladigan yig‘imlar jami 6,5 ming afg‘oni miqdorida (taxminan 99 dollar) kamaytirildi.

Bugungi kunda Transport vazirligi Transafg‘on multimodal transport yo‘lagi orqali yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish, undiriladigan yig‘imlar miqdorini optimallashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar