“Adolat” sosial-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Narimon Umarov poytaxtdagi 550-saylov uchastkasida ovoz berdi.
“Gazeta.uz”ning ma`lum qilishicha, Narimon Umarov Shayhontohur tumanidagi 550-saylov uchastkasiga bugun, soat 8:00 da rafiqasi bilan tashrif buyurgan. Ovoz berish jarayonini xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar kuzatib turdi.







