AsosiyJamiyat

Asila Mirzayorova nogironligi bo‘lganlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil sifatida ish boshladi

Shahnoza Mirziyoyeva chempion qiz bilan yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etishga ishonch birdirdi.

'Asila Mirzayorova nogironligi bo‘lganlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil sifatida ish boshladi'ning rasmi

22 oktyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligida bo‘lib o‘tgan tadbirda para yengil atletika bo‘yicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Agentlikning nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Maxsus vakili sifatida tanishtirildi.

“Agentligimiz oilasiga yana bir paralimpiya chempioni qizimiz kelib qo‘shildi. Biz Asila bilan Parijda birga ishlashni niyat qilgan edik. Bugun shu niyatimiz amalga oshdi: Asila Mirzayorova Agentlik Maxsus vakili bo‘ldi. Agentlik oilasiga xush kelibsiz Asila! Asila juda kuchli va aqlli qiz. Asila Nogironligi bor shaxslar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Endi bizning jamoamizda Diyora va Asila kabi chempion qizlarimiz bor. Men ishonaman: biz yanada kuchli bo‘ldik va yangi yuksak marralarni birgalikda zabt etamiz!” – dedi Shahnoza Mirziyoyeva

Tadbirda so‘zga chiqqan paralimpiyada chempioni bildirilayotgan yuksak ishonch uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, agentlik maxsus vakili bo‘lishga rozi bo‘lganining sababini quyidagicha izohladi:

“Men uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil sifatida ish boshlash katta sharaf va mas’uliyat. Bu vazifa menga nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlarini himoya qilish va teng imkoniyatlar yaratishga o‘z hissamni qo‘shish imkoniyatini beradi. Paralimpiya sportchisi sifatida men jismoniy va ijtimoiy to’siqlarni qanday yengishni bilaman va har bir inson jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lishi kerak, deb ishonaman.”- deya ta’kidladi paralimpiyada chempioni.

O‘z o‘rnida Asila Mirzayorova, maxsus vakil sifatidagi yangi vazifasida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, inklyuziv muhit yaratishda o‘z hissasini qo‘shishidan mamnunligini alohida qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentdan Anqaraga parvozlar soni oshirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:42

    Toshkentdan Anqaraga parvozlar soni oshirildi

    Parvozlar endi haftada uch marta yo‘lga qo‘yilmoqda.

    'FVV aholiga murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:14

    FVV aholiga murojaat bilan chiqdi

    Qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha qator qoidalarga amal qilish so‘ralmoqda.

    'Soliq va Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:02

    'Kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:01

    Kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin

    Ichki ishlar vazirligi 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bunday harakatlar mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishini ma’lum qildi.

    'Gonkongdan Yevropa, Turkiya, Arab kabi mamlakatlarga yuklar O‘zbekiston orqali tranzit qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:52

    Gonkongdan Yevropa, Turkiya, Arab kabi mamlakatlarga yuklar O‘zbekiston orqali tranzit qilinadi

    Bu bo‘yicha Gonkong aviatsiya hukumati bilan kelishuvga erishildi.

    'Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida savdo zonasini tashkil etish taklif etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:35

    Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida savdo zonasini tashkil etish taklif etildi

    Samarqandda bo‘lib o‘tgan hududlararo forumda Mang‘istau viloyati hokimi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qator takliflar bilan chiqdi.