AsosiyJamiyat

O`zbekistonda saylov o`tdi deb topildi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha soat 6.00 da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma`lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo`yicha Respublika matbuot markazidan xabar berilishicha, soat 11.00 ga qadar saylovchilar ro`yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchilarning 33,73 foizi ovoz berib bo`lgan. Bu esa saylovchilarning qariyb 6,9 millioni demakdir.

Shunday qilib, «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida»gi qonunning 35-moddasiga ko`ra, saylovda saylovchilar ro`yxatiga kiritilgan saylovchilarning 33 (o`ttiz uch) foizidan ko`pi ishtirok etgan bo`lsa, saylov o`tgan deb topiladi.

Saylov jarayoni davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar