AsosiyDunyo

Turkiyada teraktlar tufayli barcha aeroportlarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Sayohatchilar qo‘shimcha tekshiruvlar haqida ogohlantirgan va uchishdan kamida uch soat oldin kelishga chaqirilgan.

'Turkiyada teraktlar tufayli barcha aeroportlarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi'ning rasmi

Turkiyada teraktlar tufayli barcha aeroportlarda xavfsizlik choralari kuchaytirildi. 

Qaror bir kun oldin Anqarada sodir bo‘lgan qo‘poruvchilik fonida qabul qilingan.  Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda havo bandargohlariga kirib kelayotgan avtomashinalar sinchkovlik bilan tekshirilmoqda.

Bundan tashqari, Istanbul Sabiha Go‘kchen aeroporti sayohatchilarni qo‘shimcha tekshiruvlar haqida ogohlantirgan va uchishdan kamida uch soat oldin kelishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, 23 oktyabr kuni TUSAŞ aviakosmik kompaniyasining ishlab chiqarish obyektida terakt sodir bo‘ldi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, portlash 17 mingga yaqin odam ishlaydigan yirik kompaniya obyekti yaqinida sodir bo‘lgan. Kompaniya yaqinida  Turkiya havo kuchlari bazasi joylashgan.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar korporatsiya kiraverishiga taksida kelishgan. Keyin mashina portlashi sodir bo‘ldi, shundan so‘ng ikki hujumchi binoga kirib, kompaniya xodimlarini garovga olgan.

Biroz vaqt o‘tgach, Erdo‘g‘an terrorchilarni yo‘q qilinganini e’lon qildi. Ayni paytda, Bosh prokuratura sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tergovni boshlagan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida besh kishi halok bo‘lgan, yana 22 kishi jarohatlangan. 3 nafari shifoxonada.

Mahalliy huquq-tartibot organlari Anqaradagi terakt Kurdiston ishchilar partiyasi (Turkiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti) tomonidan uyushtirilgan deb taxmin qilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Moskvada jurnalistni zo‘rlagan o‘zbeklarga hukm o‘qildi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 22:46

    Moskvada jurnalistni zo‘rlagan o‘zbeklarga hukm o‘qildi

    Aniqlanishicha, uch nafar sudlanuvchi 22 va 25 yoshda bo‘lib, jinoyat sodir etayotganda mast holda bo‘lgan.

    'Qozog‘istondagi aviahalokatda 38 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 21:29

    Qozog‘istondagi aviahalokatda 38 kishi halok bo‘ldi

    Samolyot bortida jami 67 kishi bo‘lgan.

    'Ilhom Aliyev Qozog‘istondagi halokat sabab Bokuga qaytadi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 14:00

    'Pokiston Afg‘onistonga havo hujumi uyushtirdi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 13:49

    Pokiston Afg‘onistonga havo hujumi uyushtirdi

    Vayronalar ostidan 15 kishi, jumladan, ayollar va bolalar jasadi olib chiqildi.

    '2025 yilda Rossiyada migrantlar uchun “patent” narxi qancha bo‘ladi?'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 13:10

    2025 yilda Rossiyada migrantlar uchun “patent” narxi qancha bo‘ladi?

    Mehnat muhojirlari uchun “patent”ning narxi Rossiya Federatsiyasining turli mintaqalarida farq qiladi.

    '“Mamlakat Bashar Asad rafiqasini qabul qilishga tayyor emas”'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 13:00

    “Mamlakat Bashar Asad rafiqasini qabul qilishga tayyor emas”

    Britaniya tashqi ishlar vazirligi Asma Asadni qabul qilmasligini ma’lum qildi.