AsosiyJamiyat

15 sutkalik qamoq jazosini eshitgan ota farzandlari uchun alimentni to‘lashga majbur bo‘ldi

Qarzdor ota ogohlantirishlarga qaramay bolalarining moddiy ta’minotidan qariyib 67 oy bo‘yin tovlab kelgan.

'15 sutkalik qamoq jazosini eshitgan ota farzandlari uchun alimentni to‘lashga majbur bo‘ldi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Chortoq tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri va tushuntirishlardan so‘ng ota farzandi moddiy ta’minotidan bo‘lgan qarzdorlikni to‘lab berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra I. Q dan undiruvchi A. Q foydasiga 2 nafar farzandi uchun har oyda aliment undirish belgilangan.

Biroq, qarzdor ota ogohlantirishga qaramay farzandlari moddiy ta’minotidan qariyib 67 oy bo‘yin tovlab kelgan. Shundan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga ko‘ra, sudning qarori bilan unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq belgilanadi. 

Ma’muriy qamoqdan so‘ng ota o‘ziga xulosa qilgan shekilli olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng 110 mln so‘m qarzdorlikni to‘lab berdi.

    Boshqa yangiliklar