AsosiyJamiyat

O‘zLiDePning saylovdagi muvaffaqiyati siri nimada?

So‘nggi natijalarga ko‘ra, O‘zLiDeP partiyasi umimiy deputatlik o‘rnining deyarli 43 foizini egalladi.

'O‘zLiDePning saylovdagi muvaffaqiyati siri nimada?'ning rasmi

Ma’lumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga saylov yakuniga yetdi. So‘nggi natijalarga ko‘ra, O‘zLiDeP partiyasi umimiy deputatlik o‘rnining deyarli 43 foizini egalladi. Aytish kerakki partiya o‘zi uchun tarixiy natija qayd etib, yetakchi partiya degan nomini yanada mustahkamladi. Xo‘sh, bu ko‘rsatkichga qanday erishildi? 

Albatta, hech qanday yutuq osmondan tushmaydi. Uni ortida mashaqqatli mehnat yotadi. Buni hammamiz yaxshi bilamiz. O‘zLiDePni saylov davridagi faolligini ko‘rib shunday fikrga kelish mumkin. Haqiqatan ham partiya saylovning har bir mayda detaligacha e’tibor qaratgan. Ayniqsa targ‘ibot tadbirlariga kreativ yondashishga harakat qilgani e’tiborga loyiq.

O‘zLiDeP o‘zining saylovoldi dasturida ham, aholi bilan uchrashuvlarda ham, ommaviy tadbirlarda ham bir gapni qayta-qayta takrorladi. Ya’ni partiya mamlakatimizda xalqchil, hayotiy umuman olganda inson qadrini yuksaltirish borasida olib borilayotgan islohotlarni xususan, “O‘zbekiston - 2030” strategiyasidagi ustuvor vazifalarni hayotga to‘liq tadbiq etilishini o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuchdir.

5 maqsad 500 vazifani oldiga qo‘ygan partiya dasturida chindan ham odamlar farovon hayot kechirishi, farzandlar sifatli ta’lim va tibbiyotdan bahramand bo‘lishi, ayollarimiz va nuroniylarimiz, jamiki yurtdoshlarimiz baxtli yashashi, xalqimiz dasturxoni to‘kin bo‘lishi hamda ertangi kunimiz yorug‘ bo‘lishiga qaratilgan ustuvor maqsadlar belgilangan.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishini kutamiz va O‘zLiDePning kelgusidagi faoliyatini kuzatib boramiz. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoda tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan mansabdor isdan olindi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 20:58

    Sirdaryoda tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan mansabdor isdan olindi

    Soliq inspeksiyasi rahbari eri musofirda bo‘lgan ayolga nisbatan shilqimlik mazmunidagi SMS xabarlar yozib, oylar davomida bezovta qilgan.

    'Sobiq vazir Aziz Voitovga sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 19:01

    Sobiq vazir Aziz Voitovga sud hukmi o‘qildi

    U juda koʻp miqdorda talon-torojlikda aybdor topildi, ammo ozodlikdan mahrum etilmadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 18:30

    'Dollarning rasmiy kursi yangilandi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 16:41

    Dollarning rasmiy kursi yangilandi

    Dollarning rasmiy kursi 82,22 so‘mga tushdi.

    'Toshkentda yoʻl choʻkishi ortidan avtobus va mikroavtobus botib qoldi, ekskavator agʻdarildi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 12:30

    Toshkentda yoʻl choʻkishi ortidan avtobus va mikroavtobus botib qoldi, ekskavator agʻdarildi

    Gulsanam ko'chasida ro'y bergan hodisa ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo'ldi.

    'ТТЗ бозори ҳудудида автоулов чуқурга тушиб кетдими?'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 11:34

    ТТЗ бозори ҳудудида автоулов чуқурга тушиб кетдими?

    Ayni paytda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.