AQSH armiyasi Rossiya—Ukraina mojarosini kuzatish tajribasidan foydalangan holda Xitoy bilan ehtimoliy urushga tayyorlanmoqda. Bu haqida zamon.uz xabar berdi.
Harbiy ekspertlar fikricha, Xitoy yaqin yillarda Tayvanga bostirib kirishga va uni bosib olishga urinishi mumkin, bu esa AQSH bilan qarama-qarshilikka olib keladi. Shu fonda AQSH harbiylari mintaqaga qo‘shinlarini olib o‘tmoqda va ittifoqchilar bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Nashrning qayd etishicha, bunday potensial urush, hatto yadro quroli ishlatilmasa ham quruqlikda, dengizda, havoda va kosmosda olib borilishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, mojaroga boshqa yirik davlatlar ham qo‘shilish ehtimoli bor, bu esa AQSH armiyasida katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.