Qayd etilishicha, Andijon shahrida yashovchi 2000 -yilda tug‘ilgan R.F.(erkak) kecha, 31 oktyabr kuni soat taxminan 22:40 atrofida o‘ziga benzin sepgan holda "Ilg‘or" MFY Janubiy Paxtakor-1 ko‘chasida joylashgan paynet shoxobchasiga kirib, o‘zini yoqib, joniga suiqasd qilgan. U kuygan jarohatlari bilan RSHTYOIAM viloyat filialiga keltirilgan.
R.F.ni o‘ziga benzin sepib, paynet shoxobchasiga kirib, o‘zini yoqib, qaytib chiqib ketgani shoxobchadagi va uni tashqarisiga qo‘yilgan videokameralarda qayd qilingan.
Hozirda fuqaro R.F.ga RSHTYOIAM viloyat filialida zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv davomida R.F.ga olgan tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.