AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar soni har 100 ming aholiga hisoblaganda 68 nafarni tashkil etmoqda

Bu ko‘rsatkich Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar orasida eng past darajada hisoblanadi.

'O‘zbekistonda  jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar soni har 100 ming aholiga hisoblaganda 68 nafarni tashkil etmoqda'ning rasmi

 

Toshkent shahrida "Genderga sezgir jazoni ijro etish muassasalari boshqaruvi strategiyalari: ilg‘or tajriba va asosiy muammolar" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, YEXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi va Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti bilan hamkorlikda 2023-2024yillarda YEXHT loyihalarini O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazining matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbirda asosiy e’tibor yopiq turdagi muassasalar boshqaruvida gender tenglikni ta’minlash, xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlardan foydalanish orqali inson huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, Norvegiya va O‘zbekiston o‘rtasida yopiq muassasalar boshqaruvi istiqbollarini muhokama qilish va sohadagi mavjud muammolar yuzasidan muloqotni mustahkamlash alohida diqqat markazida turdi.

Davra suhabatida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti hamda jazoni ijro etish muassasalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirning ochilishida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov, YEXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajaruvchi Zilke Klyover va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori Burxonxo‘ja Akromov so‘zga chiqdi.

Xususan, A.Saidov so‘nggi vaqtlarda mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kengaytirish orqali ularni sodir etgan jinoyatdan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi va jamiyatning munosib vakili sifatida shakllantirishga erishilayotganini ta’kidladi. Mahkumlarga saylash, pensiya ta’minoti va ijtimoiy sug‘urta olish, kasb egallash, ta’lim olish va sifatli tibbiy yordamdan foydalanish kabi huquqlar berilganiga e’tibor qaratdi.

Mahkumlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga oid so‘nggi islohotlar haqida so‘z borganda, zamon talablariga javob bermaydigan 4 ta koloniya, jumladan, aholi orasida salbiy nom topgan “Toshturma” va “Jasliq” koloniyalarining tugatilganini qayd etish lozim. Shu bilan birga, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar qo‘llanilgan shaxslarni sog‘lom ijtimoiy hayotga yo‘naltirish maqsadida 2019 yil 1 yanvardan boshlab probatsiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar soni har 100 ming aholiga hisoblaganda 68 nafarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar orasida eng past darajada bo‘lib, inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasidir.

O‘z navbatida, Z.Klyover O‘zbekistonda inson huquqlari himoyasi va gender tenglikni ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. U mahkumlarning huquqlari va insonparvar munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham mamnuniyat bilan qayd etdi. Shuningdek, u ayni yo‘nalishdagi islohotlar YEXHT tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanishi va sohaga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etishning muhimligigae’tibor qaratdi.

B.Akromov mahkumlarni ijtimoiy hayotga qayta moslashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish borasidagi amaliy choralar haqida ma’lumot berib, tergov hibsxonalari va yopiq turdagi koloniyalarda advokatlar uchun alohida 69 ta xona tashkil etilganini bildirdi. Ombudsman va Biznes-ombudsman bunday muassasalarga hech qanday to‘siqsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘lgani qayd etildi.

Tadbir davomida sohadagi xorijiytajriba ham muhokama qilindi. Bredtveyt qamoqxonasi va tergov hibsxonasining boshlig‘iDoris Bakken ayollar qamoqxonalarini boshqarish bo‘yicha Norvegiya tajribasini taqdim etdi.

D.Bakken ayollar uchun genderga sezgir xizmatlar, tayyorgarlik dasturlari va sog‘liqni saqlash xizmatlari kabi elementlar qanday qilib ayollarni qamoqdan so‘ng ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli qaytarishga yordam berishini tushuntirdi. Norvegiyadagi ayollar qamoqxonasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, o‘qitish va maslahat berish jarayonlarining ahamiyati va samaradorligi haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Bundan tashqari davra suhbatida jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i Gulrux Karimova O‘zbekistondagi ayollar qamoqxonalarini boshqarish siyosati, amaliyoti va muammolariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdi. U ayollar qamoqxonalarida yaratilgan ta’lim olish, kasb egallash va psixologik yordam olish imkoniyatlari hamda reabilitatsiya dasturlari haqida so‘zlab, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga ham batafsil to‘xtaldi.

Muhokamalarda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazidirektori o‘rinbosari Dilnoza Muratova,Xalqaro jazoni ijro etish jamg‘armasi vakili,qamoqxonalarni isloh qilish va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro maslahatchi Azamat Shambilov kabi ekspertlar qatnashdi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxoroda kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish asosiy vazifa bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat 29.11.2024 17:11

    Buxoroda kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish asosiy vazifa bo‘ladi

    Prezident Buxoro viloyatida qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, investitsiya va ish o‘rinlarini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

    'Bitta pasportga faqat bitta bank kartasi beriladimi?'ning rasmi

    Jamiyat 29.11.2024 15:03

    Bitta pasportga faqat bitta bank kartasi beriladimi?

    Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda bitta jismoniy shaxsga bitta bank kartasi berilishi haqida tarqatilayotgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

    'Toshkent aeroportida 20 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 29.11.2024 10:51

    'O‘zgidromet tezkor axborot e’lon qildi'ning rasmi

    Jamiyat 29.11.2024 10:01

    O‘zgidromet tezkor axborot e’lon qildi

    Kuchli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda qorga aylanishi, ayrim joylarda esa sel yuzaga kelishi kutilmoqda.

    'O‘rta tadbirkorlik subyektlari 10 oyda 20 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat 29.11.2024 09:16

    O‘rta tadbirkorlik subyektlari 10 oyda 20 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

    Shundan 352,7 mlrd so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

    'Bugundan O‘zbekistonda harorat sezilarli pasayadi'ning rasmi

    Jamiyat 29.11.2024 07:55

    Bugundan O‘zbekistonda harorat sezilarli pasayadi

    Joylarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.