Tramp sanksiyalarni kuchaytirib, Eronga “maksimal bosim” o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqida The Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Nashrning Tramp jamoasining rejalari bilan tanish manbalariga ko‘ra, u Eronning neft sotishdan keladigan daromadlarini minimallashtirmoqchi va mamlakatni ham diplomatik, ham moliyaviy jihatdan izolyatsiya qilmoqchi.
WSJ suhbatdoshlari, shuningdek, Eron rahbariyati Trampga suiqasd uyushtirishda gumon qilinayotganini va bu uning siyosatiga ta’sir qilishini eslatishdi.
Eron nefti import qilinuvchi Xitoy portlariga sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. WSJ suhbatdoshlaridan biri bunday choralar Eron neft sanoati uchun halokatli bo‘lishini aytdi.