AsosiyJamiyat

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan organlar ro‘yxati e’lon qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.

'“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan organlar ro‘yxati e’lon qilindi'ning rasmi

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonuni:

  • davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
  • davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
  • davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.

Davlat rahbarining PQ-210-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlangan.

Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.

    Boshqa yangiliklar