AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi.

'Shavkat Mirziyoyev kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 noyabr kuni kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlatimizning ijtimoiy siyosatida sog‘liqni saqlash sohasi katta o‘rin egallaydi. So‘nggi yetti yilda bu tizimga ajratilayotgan mablag‘lar 6 karra oshirilgan. Oldin faqat Toshkentda bajarilgan 400 dan ortiq yuqori texnologik amaliyotlar bugun viloyat va tumanlarda ham o‘tkazilayapti.

Kasalliklarni erta aniqlash maqsadida onkologiya, endokrinologiya, kardiologiya markazlari hududlarda skrining tekshiruvlari olib borayapti. Masalan, 1 million 700 ming nafar ayol skrining qilinib, 49 mingida saraton oldi kasalliklari topilgan. Bu yil yarim yillikda 122 ming nafar aholida yurak qon-tomir va qandli diabet erta bosqichda aniqlangan.

Aholi salomatligini saqlash – uzluksiz jarayon. Sohadagi tahlil va talabdan kelib chiqib, muhim yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar tayyorlangan. Taqdimotda shular haqida so‘z bordi.

Ma’lumki, davolashdagi eng katta muammo – kasallikning kech yuzaga chiqishi. Shu bois Prezidentimiz tashabbusi bilan Qashqadaryoda, tajriba tariqasida, onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga 2 million so‘mdan mukofot berish joriy qilindi. Natijada oilaviy shifokorlar o‘z mahallasidagi 51 nafar ayol va bolalarda shunday belgilarni aniqladi. Buning uchun 102 million so‘m mukofot puli berilib, kech bosqichda sarflanadigan 8 milliard so‘m mablag‘ tejalgan.

Tahlillarga ko‘ra, jami onkologik kasalliklarning o‘rtacha 20-25 foizi ayollardagi ko‘krak bezi va bachadon saratoniga to‘g‘ri keladi. Shu bois bu borada skrininglarni kengaytirish va ularning reyestrini yuritish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, gematologiya, kardiologiya, endkrinologiya kasalliklarini erta aniqlash va ularni davolash bo‘yicha uch yillik dasturlar bu yil yakuniga yetadi. Mutasaddilarga erishilgan natijalarni hisob-kitob qilib, ularning muddatini uzaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Tibbiyot muassasalariga markazlashgan holda dorilar xarid qilishda ham kamchiliklar bor. Ba’zi shifoxonalarda talabga nisbatan kam olingan bo‘lsa, ba’zilarida dorilar ortib qolgan.

Shu bois dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘n besh oylik talab asosida xarid qilish tizimi taklif etilmoqda. Bunda kelgusi yillar uchun ehtiyojlar 1 avgustdan kechikmasdan, Davlat budjeti parametrlari bilan bir vaqtda shakllantiriladi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi. Markazga 2025 yil 1 yanvardan boshlab, original dori vositalari va yopiq turdagi laborator uskunalar uchun sarflov vositalarini bevosita ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat beriladi.

Yana bir taklifga ko‘ra, donorlarni qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni olganlarga bir yo‘la beriladigan pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorini 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi. Ularga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi, davlat sihatgohlarida davolanish navbatsiz bo‘ladi.

Ushbu yangi tizim kelgusi yil 1 yanvardan joriy qilinishi belgilandi.

Mamlakatimizda sanitariya va fitosanitariya choralari bo‘yicha Jahon savdo tashkilotini xabardor qilish tartibini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2024 11:06

    Kelgusi 5 yilda aholimiz 40 milliondan ortishi kutilmoqda — Prezident

    Bosh vazir lavozimiga tavsiya etiladigan nomzod qator masalalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘z dasturini taqdim etishi kerakligi qayd etildi.

    'Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2024 12:01

    Tuman va shahar kengashlariga ham hokimlar raislik qilmasligi kerak — Prezident

    Davlat rahbari yuqori palatani bu bo‘yicha islohotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi.

    'Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi'ning rasmi

    Siyosat 18.11.2024 11:53

    Nuriddin Ismoilov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi

    Mavluda Xodjayeva spikerning birinchi o‘rinbosari, Rahimjon Hakimov spiker o‘rinbosari etib saylandi.

    'Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 19:59

    Energiya ta’minoti bo‘yicha bajarilgan ishlar va rejalar ko‘rib chiqildi

    Shavkat Mirziyoyev aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

    '2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 17:41

    2030 yilga borib “Yashil” energiya ishlab chiqarishni 40 foizga yetkazamiz – vazir o‘rinbosari

    O‘zbekiston ham energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi mamlakat bo‘lib, atmosferaga chiqayotgan chiqindilarning 70 foizi energetika sektoriga to‘g‘ri keladi.

    'Qozog‘istonda O‘zbekiston mahsulotlarini "Ulgurji tarqatish markazi" ochiladi'ning rasmi

    Siyosat 15.11.2024 08:51

    Qozog‘istonda O‘zbekiston mahsulotlarini "Ulgurji tarqatish markazi" ochiladi

    Markaz faoliyati yil oxirigacha yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.