AsosiyDunyo

Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda — JSST

2050 yilgacha dori-darmonlarga chidamli infeksiyalar 39,1 million insonning hayotiga zomin bo‘lishi mumkin.

'Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda — JSST'ning rasmi

Dunyoda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Bu esa insoniyat hayoti, salomatligi va epidemiologik vaziyat uchun jiddiy tahdiddir. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus o‘z bayonotida ushbu global muammo haqida to‘xtalib, superbakteriyalar sayyoramiz bo‘yicha har yili 1,3 million kishining o‘limiga sabab bo‘layotganini qayd etdi.

Dorilarga chidamli bakteriya, virus, zamburug‘ va parazitlar ko‘payishi qator xastaliklarni davolash jarayonini qiyinlashtiradi yoki muolaja imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Shu tariqa superbakteriyalar paydo bo‘lishi jadallashishi mumkin.

JSST rahbari bu muammoga qarshi kurashishda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Mikroblarga qarshi chidamlilik bo‘yicha siyosiy deklaratsiyada belgilangan ustuvor maqsadlar dasturilamal bo‘lishini qayd etdi. 

Buning uchun hukumatlar sa’y-harakatlarni faollashtirish, hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz: ekspertlar hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilgacha dori-darmonlarga chidamli infeksiyalar 39,1 million insonning hayotiga zomin bo‘lishi, qolaversa, bu bilan bog‘liq patologiyalar tufayli 169 million o‘lim holati yuz berishi prognoz qilinmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ukraina Rossiyaga ilk bor ATACMS raketalari bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:05

    Ukraina Rossiyaga ilk bor ATACMS raketalari bilan hujum qildi

    Bryansk viloyatiga qilingan hujum G‘arb ziddiyat kuchayishini xohlayotganidan dalolat beradi, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri.

    'Dunyoda qizamiqqa chalinish holatlari 20 foizga ortdi — JSST'ning rasmi

    Dunyo 18.11.2024 11:15

    Dunyoda qizamiqqa chalinish holatlari 20 foizga ortdi — JSST

    Xastalik bir yilda qariyb 107,5 ming insonning hayotiga zomin bo‘ldi.

    'Yevropa Baydendan ketishdan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘radi'ning rasmi

    Dunyo 15.11.2024 15:48

    Yevropa Baydendan ketishdan oldin Ukrainaga yordamni oshirishni so‘radi

    Shuningdek, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishga chaqirdi.

    'Tojikistondagi Rog‘un GESida 3 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 15.11.2024 14:09

    Tojikistondagi Rog‘un GESida 3 kishi halok bo‘ldi

    Marhumlarning barchasi "Xokrud" kompaniyasi xodimlari bo‘lgan.

    'Hech kim bizning g‘alaba qilishimizni kutmagan edi — Trapm'ning rasmi

    Dunyo 15.11.2024 10:00

    Hech kim bizning g‘alaba qilishimizni kutmagan edi — Trapm

    AQSHning yangi saylangangan prezidenti doim yonida bo‘lgani uchun Ilon Maskka alohida rahmat aytdi.

    'Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 14.11.2024 21:03

    Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin

    Bosh vazir Oqilbek Japarov mutaxassislar tomonidan milliy dastur ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan.