AsosiyDunyo

Janubiy Koreya prezidenti impichmentga duchor bo‘lishi mumkin

Harbiy holat joriy etilgani haqidagi e’lon hukumat yig‘ilishisiz e’lon qilingan.

'Janubiy Koreya prezidenti impichmentga duchor bo‘lishi mumkin'ning rasmi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat bekor qilinganidan keyin uni joriy etish tartibini buzgani uchun impichmentga duchor bo‘lishi mumkin. Bu haqda Koryo universitetining ixtisoslashtirilgan yuridik magistratura professori Cha Jin A Janubiy Koreyaning SBS telekanaliga ma’lum qildi.

“Chunki harbiy holat joriy etilganidan keyingi birinchi farmonda parlament faoliyatini taqiqlash ko‘zda tutilgan va bu Milliy assambleyaning harbiy holatni bekor qilishni talab qilish huquqini buzadi, mana shu konstitutsiyaning eng ochiq buzilishidir. Qolaversa, harbiy holat joriy etilgani haqidagi e’lon hukumat yig‘ilishisiz e’lon qilindi, parlament talabi kechiktirilmasdan qabul qilinmadi... bularning barchasi prezidentga impichment e’lon qilish uchun o‘ta jiddiy asosdir”, - deydi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol chorshanba kuni kechqurun "Shimoliy Koreyaga xayrixoh kuchlardan tozalash va liberal konstitutsiyaviy tuzumni saqlash uchun" harbiy holat joriy etilganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Janubiy Koreya muxolifatining bir qator yuqori martabali amaldorlarga impichment e’lon qilishga urinishlari hokimiyatning falajlanishiga olib kelishi mumkin. Janubiy Koreya parlamenti harbiy holatni bekor qilishga ovoz berdi. Yig‘ilishda 300 nafar deputatdan 190 nafari ishtirok etdi, ular bir ovozdan qaror qabul qildi.

Konstitutsiyaga ko‘ra, parlament ko‘pchilik ovoz bilan unga qarshi ovoz berganidan keyin prezident harbiy holatni darhol bekor qilishi shart. Biroq prezident bir necha soatdan keyin tegishli murojaat qildi. Yun Sok Yolning aytishicha, parlament qaroridan so‘ng u darhol hukumat yig‘ilishini chaqirishga buyruq bergan, biroq kvorum yo‘qligi sababli qaror qabul qilinmagan. Biroz vaqt o‘tgach, yig‘ilish e’lon qilindi, unda bekor qilish qarori rasmiylashtirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30