1

Prezident Shavkat Mirziyoev chiqarilayotgan qonunlarning islohotlarga ta`siri sezilmayotganligini qayd etdi

Jamiyat 09.12.2016, 10:03
Teglar: Prezident farmoni
Prezident Shavkat Mirziyoev chiqarilayotgan qonunlarning islohotlarga ta`siri sezilmayotganligini qayd etdi

Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligi bilan so`zlagan nutqida Konstitusiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta`minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolati ekanligini aytib o`tdi.

“O`tgan davrda qabul qilingan 400 ga yaqin yaxlit qonunlar hayotimizning barcha sohalarini huquqiy tartibga solish bilan birga, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta`minlashga xizmat qilmoqda.

Ayni vaqtda qonunlarning to`liqligi, hayotiyligi va to`g`ridan-to`g`ri amalga oshirish mexanizmlariga ega ekani haqida so`z yuritganda, bu borada hali ko`p ish qilishimiz kerakligini ta`kidlash zarur”, deya ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

Bundan tashqari Prezident hozirgi kunda qonunlarning islohotlar samarasiga ta`siri etarlicha sezilmayotgani, ularning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi roli past ekanligini ham afsus bilan aytib o`tdi.

“Bu holat mamlakatimiz qonunchilik tizimiga fuqarolarimiz, tadbirkorlar, qolaversa, chet el investorlarining ishonchsizligini keltirib chiqarishi mumkinligini unutmasligimiz kerak.

Aminmanki, hurmatli Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a`zolari bu masalaga jiddiy e`tibor qaratadilar.

Bu boradagi ishlarni tashkil etishda avvalambor qonun loyihalarini puxta va ijtimoiy munosabatlarni to`g`ridan-to`g`ri tartibga soladigan darajada ishlab chiqish, ayniqsa, idoraviy hujjatlarni keskin qisqartirish zarur, deb hisoblayman.

Shu o`rinda Hukumatning parlament bilan qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil sohasidagi hamkorligini yanada samarali tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisda doimiy asosda faoliyat ko`rsatadigan vakili lavozimini ta`sis etish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Hammamiz yaxshi tushunamizki, qonunlarni qabul qilish – bu ishning bir qismi, xolos.

Asosiy masala – qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga va mas`ul ijrochilarga o`z vaqtida etkazish, ularning ijrosini to`g`ri tashkil etish hamda qonun talablariga qat`iy amal qilishni ta`minlashdan iboratdir.

Afsuski, mazkur yo`nalishdagi ishlar talab darajasida emas. Buning oqibatida oxirgi uch yilda davlat organlarining 157 ta qarori o`z kuchini yo`qotgan qonunlar asosida chiqarilgan.

Endi o`ylab ko`raylik, qonunchilikka kiritilayotgan yangiliklar o`z vaqtida joylarga, ayniqsa, ijrochilarga etkazilmaydigan bo`lsa, ularning bajarilishi haqida nima deyish mumkin?

Bu muammoni samarali hal qilishning birdan-bir yo`li – qonunlar ijrosini tashkil etish bo`yicha soatdek aniq ishlaydigan mexanizm yaratishdir.”

Shuningdek, Shavkat Mirziyoev qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga etkazishda O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalarida bitta-ikkita maqola yoki ko`rsatuv bilan cheklanish mumkin emasligini, qabul qilingan qonunlarni atroflicha muhokama qilish, yurtdoshlarimizning ularga munosabatini ifoda etadigan tahliliy materiallar, ko`rsatuv va eshittirishlar, afsuski, juda kamligini ham aytib o`tdi.

“Yangi qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarning asosiy ma`nosini aholiga etkazish bo`yicha samarali mexanizm yaratish kerak.

Hozirgi kunda Adliya vazirligining bu boradagi faoliyatini talab darajasida deb bo`lmaydi. Shu munosabat bilan ushbu vazirlik va uning joylardagi bo`linmalari faoliyatini tanqidiy ko`rib chiqish zarur.

Adliya vazirligi mutasaddi idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunlarning ma`no-mazmunini joylarga etkazish, ularni keng targ`ib qilishga qaratilgan aniq takliflarni ishlab chiqishi lozim.

Ikkinchidan, qonun ustuvorligini ta`minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

Aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, 20 yil avval bu borada qabul qilingan Milliy dasturni yangidan ishlab chiqishni davrning o`zi taqozo etmoqda.

Parlamentimiz jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo`yicha yangi Milliy dasturni yaratishda bosh-qosh bo`lishi maqsadga muvofiq, deb hisoblayman”, deya bu boradagi fikrini muhtasar qildi.

Sharhlar

​BOG`ChA BOLALARINING TA`LIM-TARBIYaSI MAKTABGAChA TA`LIM VAZIRLIGI ZIMMASIGA YuKLATILDI

02.10.2017, 09:44

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta`lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 30 sentyabrdagi Farmoniga muvofiq Xalq ta`limi vazirligining maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli ta`lim-tarbiyasini tashkil etish...
​PREZIDENT FARMONI BILAN BIR GURUH O`QITUVChI VA MURABBIYLAR MUKOFOTLANDI

28.09.2017, 09:19

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta`lim-tarbiya tizimida alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to`g`risida farmon imzoladi. Mazkur farmon bilan 99...
​Prezident farmoni bilan “Temurbeklar maktabi” tashkil etilib, “Mard o`g`lon” davlat mukofoti ta`sis etiladi

06.07.2017, 11:56

Prezidentning “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risidagi” farmoniga ko`ra, Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni...
​Prezident Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish maqsadida farmon imzoladi

06.07.2017, 09:50

5 iyul kuni «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O`zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo`llab-quvvatlash to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni ma`naviy...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1