AsosiyDunyo

Oqilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari lavozimidan ketdi

Japarovning iste’fosi butun Vazirlar Mahkamasi iste’fosiga olib kelmaydi.

'Oqilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari lavozimidan ketdi'ning rasmi

Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov o‘z xohishi bilan ariza yozgani aytilmoqda. Bu haqda "Sputnik Qirg‘iziston" xabar qildi.

Oqilbek Japarovning iste’fosi butun Vazirlar Mahkamasi iste’fosiga olib kelmaydi. Ya’ni, barcha vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qolishadi. 

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Japarovning iste’foga chiqishiga nima sabab bo‘lganligi qiziqtirmoqda, chunki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar ancha yuqori, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar