AsosiyDunyo

Yevropa Ittifoqi ilk bora yevropalik shaxsga nisbatan sanksiya kiritdi

U Ukrainaning keng miqyosli bosqinidan keyin G‘arb tomonidan joriy qilingan neft narxlarini cheklash bilan bog‘liq ravishda nishonga olingan birinchi Yevropa Ittifoqi fuqarosi hisoblanadi.

'Yevropa Ittifoqi ilk bora yevropalik shaxsga nisbatan sanksiya kiritdi'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi neft savdosi bilan shug‘ullanuvchi Nils Troostga Rossiyaning aloqadorligi sababli sanksiyalar kiritdi. Ushbu Niderlandiya fuqarosi Ukrainaning keng miqyosli bosqinidan keyin G‘arb tomonidan joriy qilingan neft narxlarini cheklash bog‘liq ravishda nishonga olingan birinchi Yevropa Ittifoqi fuqarosi hisoblanadi.

Ayni paytda Shveysariyada yashovchi Troost Financial Times gazetasiga bergan bayonotida bu qarorni tanqid qildi.

 Uning fikricha, bu sobiq biznes hamkorining biznes aloqalari buzilganidan keyin Moskva bilan aloqalarini bo‘rttirib ko‘rsatish kampaniyasi natijasidir.

O‘tgan hafta e’lon qilingan Financial Times tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, Troostning biznes hamkori Gaurav Kumar Shrivastava unga “Markaziy razvedka boshqarmasiga ishlaydigan maxfiy xodim ekanligini aytib, Troostning kompaniyasiga Rossiya neft xomashyosi bilan qonuniy ravishda savdo qilishiga ruxsat berish uchun AQSH G‘aznachiligidan litsenziya olib berishni va’da qilgan.

Troost buning yolg‘onligini aniqlab, 2023 yil may oyida hamkorlikni to‘xtatganidan keyin Shrivastava uning obro‘sini to‘kish kampaniyasini boshlagan: Troostning ehtimoliy qonunbuzarliklari haqidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni diplomat va jurnalistlarga jo‘nata boshlagan emish.

Shrivastava esa bu ayblovlarni rad etib, Troostning o‘zini yolg‘onchilikda aybladi. Troost va uning kompaniyasi direktorlaridan biri Fransua Mauron 2024 yilning fevralida va 2023-yilning noyabrida Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalarga tortilgan edi. YEI sanksiyalari Troostning Jenevada joylashgan Paramount Energy & Commodities DMCC kompaniyasining 2022 yil iyun oyida Rossiya neft savdosi faoliyatini Dubaydagi sho‘ba korxonasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga ishora iladi. 

Troostning matbuot kotibi Yevropa Ittifoqining yuqorida zikr etilgan harakatiga ishora qilib, shunday dedi:

“Ushbu qaror hech qanday qonun yoki faktga asoslanmagan. Janob Troost ham, uning kompaniyalari ham hech qachon qonun yoki qoidalarni buzmagan va .... unga nisbatan Niderlandiyada, Shveysariyada yoki AQSHda biror surishtiruv o‘tkazilganidan xabari yo‘q" va ... Yevropa Ittifoqining sanksiyalari belgilanishiga e’tiroz bildiradi. 

Bunga javoban Shrivastava shunday dedi:

 “Yevropa Ittifoqi o‘zi sanksiyalar qo‘ygan shaxslar va tashkilotlarni sinchkovlik bilan tekshiradi. Dalillar gapirdi."

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yevropa Ittifoqi Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:50

    Yevropa Ittifoqi Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochadi

    Suriyani Rossiya harbiy bazalaridan tozalash sharti qo‘yilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 17.12.2024 17:57

    'Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sansiyalar kiritishga rozi bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 16.12.2024 20:02

    Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sansiyalar kiritishga rozi bo‘ldi

    Ro‘yxat 16 kishidan iborat bo‘lib, unga asosan Rossiya hamda Gruziya va Moldova fuqarolari kiritilgan.

    'Oqilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari lavozimidan ketdi'ning rasmi

    Dunyo 16.12.2024 09:39

    Oqilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi rahbari lavozimidan ketdi

    Japarovning iste’fosi butun Vazirlar Mahkamasi iste’fosiga olib kelmaydi.

    'Asad o‘zining "hashamatli" turmush tarzini ommadan yashirgan'ning rasmi

    Dunyo 14.12.2024 18:27

    Asad o‘zining "hashamatli" turmush tarzini ommadan yashirgan

    Asad oilasi “mahalliy aholi orasida ajralib turmaslikka” harakat qilgan, siyosatchining qarindoshlari “kamtarona kiyingan”, shuningdek, “oddiy mashinalar” haydagan.