AsosiyDunyo

Yevropa Ittifoqi Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochadi

Suriyani Rossiya harbiy bazalaridan tozalash sharti qo‘yilmoqda.

'Yevropa Ittifoqi Suriyadagi diplomatik vakolatxonasini qayta ochadi'ning rasmi

Yevropa Ittifoqining Suriya bo‘yicha elchisi Mixael Onmaxt mamlakatning yangi rahbariyati bilan “birinchi aloqalarni” o‘rnatdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatik departamenti rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi. 

"Suriyada “vakuum” qolmasligi kerak, u yerda Yevropa Ittifoqining mavjudligi zarur", dedi u.

Kallasning fikricha, muloqot sharti Suriyani Rossiya harbiy bazalaridan tozalash. Ushbu obyektlar orqali Rossiya Afrika va “Global janubdagi” boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda, bu esa "Yevropa xavfsizligi uchun ham tashvish uyg‘otadi", dedi vakil.

    Boshqa yangiliklar