AsosiyJamiyat

Avtomobillarni ro‘yxatidan o‘tkazish davlat raqami belgilari to‘lovi kamaytirildi

Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish va yana bir nechta xizmatlardagi to‘lov stavkalari o‘zgartirildi.

'Avtomobillarni ro‘yxatidan o‘tkazish davlat raqami belgilari to‘lovi kamaytirildi'ning rasmi

“Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Unga ko‘ra, to‘lov stavkalari quyidagicha miqdorda belgilandi:

— Mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RO‘DRB uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida; Ilgari BHMning 1,75 baravari edi.
— Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida; Ilgari BHMning 1,75 baravari edi.

— Yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida undiriladi; Ilgari BHMning 1,75 baravari edi.

— Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida;

— Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va avtotransport vositalari tirkamalaridan (yarim tirkamalaridan) boshqa barcha avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 6,84 baravari miqdorida;

— Avtortansport vositalari, elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 10 foizi miqdorida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.