Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ergashev Avazbek Yoqubjonovich olamdan o‘tdi.
Bu haqda xabar qilgan Qo‘rg‘ontepa tuman hokimligi marhumning yaqinlari, oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirmoqda.
Ma’lumot uchun:
Avazbek Ergashev 1966 yil Andijonning Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan.
Avazbek Ergashev 15 yil davomida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokim bo‘lgan, Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari va Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.