AsosiyJamiyat

2028 yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmaydi

Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

'2028 yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmaydi'ning rasmi

Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, quyidagi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldiriladi:

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘liq hajmda;
  • foyda solig‘i to‘liq hajmda;
  • QQS bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari o‘zgarishidan kelib chiqib, QQS bo‘yicha daromadlar prognozini tasdiqlangan ko‘rsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berildi.

2025 yilda ijtimoiy soliq tushumlari bo‘yicha 2024 yilda amal qilgan taqsimlash me’yorlari saqlab qolinadi.

2025 yil uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq quyidagi miqdorlarda tasdiqlandi:

  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun oltin bo‘yicha – 10 foiz va palladiy, kumush, mis bo‘yicha – 15 foiz;
  • “Navoiyuran” AJ uchun uran bo‘yicha – 16 foiz;
  • “O‘zbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati bo‘yicha –15 foiz;
  • oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yig‘im 1 grammiga 2 000 so‘m miqdorida. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar