AsosiyJamiyat

Qozonlar ichidagi 190 kg gashish to‘xtatib qolindi

Surxondaryoda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi narkotik moddalar kontrabandasi fosh etildi.

'Qozonlar ichidagi 190 kg gashish to‘xtatib qolindi'ning rasmi

Giyohvandlik vositalari yuk avtomashinasidagi qozonlar ichiga yashirilgan holda olib kirilayotgani aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida usbu holatga chek qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, Termiz avtoyo‘l xalqaro o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistondan kirib kelgan, oldindan kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi Hyundai yuk avtomashinasi chuqur tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv jarayonida yukxonadagi 750 dona afg‘on qozonlarining 210 donasi ichiga yashirilgan, umumiy og‘irligi qariyb 190 kg 800 gramm bo‘lgan “gashish” moddasi borligi fosh etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yuk Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga yuborilishi rejalashtirilgan bo‘lgan.

Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar