AsosiyJamiyat

Toshkentda Amir Temur merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman: ilmiy mulogot va madaniy tadbirlar uyg‘unligi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur va Temuriylar tamaddunining jahon tarixi va madaniyatidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman davom etmoqda.

'Toshkentda Amir Temur merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman: ilmiy mulogot va madaniy tadbirlar uyg‘unligi'ning rasmi

Uch kunlik anjuman jahonning 20 dan ortiq mamlakatidan kelgan 300 nafardan ziyod olimlar, ekspertlar, diplomatlar va jamoatchilik vakillarini birlashtirib, Temuriylar davri merosini chuqur o‘rganish va uning jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rnini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.

Anjuman doirasida ishtirokchilar O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, bu yerda tashkil etilgan mavzuli ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Shuningdek, “Amir Temur va Donna Mariya” badiiy filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida xorijiy mehmonlar markaz faoliyati va ko‘rgazmalar haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoklashdilar.

— “Bu yerda bo‘lishdan juda xursandman. Markazning ko‘lami va ahamiyati haqiqatan ham lol qoldiradi. Bu yerda Islom va jahon tsivilizatsiyasi rivojiga asos bo‘lgan boy tarix jamlangan. Bunday markazlar nafaqat o‘tmishni yoritadi, balki kelajak uchun ham muhim ahamiyatga ega,” - dedi Oksford Islom tadqiqotlari markazi raisi Farhan Nizami.

U, ayniqsa, Renessans davrlariga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar va buyuk allomalar merosi unda chuqur taassurot qoldirganini ta’kidladi:

— “Xorazmiy va Farghoniy kabi olimlarning ilmiy ishlari insoniyat taraqqiyoti uchun poydevor bo‘lgan. Agar ular bo‘lmaganida, bugungi zamonaviy yutuqlar ham bo‘lmas edi,” — dedi u.

Buyuk Britaniyadan kelgan ishtirokchi Siboriya Salihov ham markaz va film haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

— “Bu mening muzey to‘liq ishga tushganidan keyingi birinchi tashrifim. Ko‘rganlarimiz juda ta’sirli. Ayniqsa, Qur’on zalidagi namoyish va bugungi film katta taassurot qoldirdi.  Bu maskanga albatta yana kelamiz” — dedi u.

Uning ta’kidlashicha, bunday madaniy va ilmiy tadbirlar turli tsivilizatsiyalar o‘rtasida mulokatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi:

— “Bu kabi markazlar va anjumanlar umuminsoniy qadriyatlarni anglashga xizmat qiladi,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Anjuman doirasida namoyish etilgan “Amir Temur va Donna Mariya” filmi ham ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olindi. Unda Sohibqironning insoniy fazilatlari va tarixiy shaxs sifatidagi o‘rni zamonaviy badiiy talqinda yoritilgani alohida e’tirof etildi.

Xalqaro anjuman davomida Temuriylar davrining davlat boshqaruvi, ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va diplomatiya sohalaridagi yutuqlari yuzasidan ilmiy muhokamalar davom etmoqda.

Mazkur anjuman O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini jahon hamjamiyatiga keng targ‘ib etish, xalqaro ilmiy mulokatni rivojlantirish va tsivilizatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bolalar saratoniga qarshi kurash: hududlarga bepul dori yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:31

    Bolalar saratoniga qarshi kurash: hududlarga bepul dori yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yildi

    Prezident qaroriga muvofiq, bolalar onkologiyasi va gematologiyasi sohasida yangi bosqich boshlandi — qimmatbaho dori vositalari endilikda viloyatlardagi filiallarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkazilmoqda.

    'Qozonlar ichidagi 190 kg gashish to‘xtatib qolindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:54

    Qozonlar ichidagi 190 kg gashish to‘xtatib qolindi

    Surxondaryoda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi narkotik moddalar kontrabandasi fosh etildi.

    'Toshkentda haydovchi ataylab yo‘lovchini bosib ketdimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:45

    Toshkentda haydovchi ataylab yo‘lovchini bosib ketdimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shov-shuvli xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berildi.

    'Dollar kursi tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:48

    Dollar kursi tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Temuriylar muzeyining yangilangan ekspozitsiyasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:13

    Shavkat Mirziyoyev Temuriylar muzeyining yangilangan ekspozitsiyasi bilan tanishdi

    Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarihi davlat muzeyi zamonaviy ko‘rinishda qayta ochildi.

    'Qo‘qonda 90 ming dollar qarzni 842 ming dollar qilib qaytarishni talab qilganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:39

    Qo‘qonda 90 ming dollar qarzni 842 ming dollar qilib qaytarishni talab qilganlar ushlandi

    Hozir holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.