Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallada ota-ona mehridan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan yangi turdagi kichik bolalar uyi ishga tushirildi.Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, shu yilning oxirida, ota-onasining g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan muassasaning yangi modeli — kichik hajmdagi bolalar uyi yaratildi.
Bu jarayonda mutaxassislarning tavsiyalari va ilg‘or tajribalarni inobatga olgan holda, bolalar uchun oila muhitiga yaqin shart-sharoitlar yaratishga harakat qilindi. Bu esa ularga yanada uyning nafasini va mehr shukuhini his qilish imkoniyatini beradi.
Hozirda bu yerda 7 nafar bola yashamoqda, ularga tajribali mutaxassislar tomonidan mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Ularning yarmidan ko‘prog‘i nogironligi bor bolalardir.
"Ishonamanki, bu tajriba, ota-ona mehridan mahrum bo‘lib, farzandlikka olinmagan barcha bolalar uchun ham shu kabi sharoitlar yaratishning asosini belgilab beradi", — Shahnoza Mirziyoyeva.