Qarorga ko‘ra, ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda:
- barcha fuqarolar uchun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi;
- bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohishiga ko‘ra muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.
Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish bo‘yicha arizalar quyidagilar orqali taqdim etiladi:
- YAIDXP (my.gov.uz);
- “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda alohida hollarda ijtimoiy xodimlar;
- moliyaviy agent.
Ijtimoiy kartani samarali amaliyotga tatbiq etish hamda “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovaning lozim darajada ishlashini ta’minlash maqsadida:
▪️2025 yil 1 yanvardan boshlab “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovani texnik qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy karta bo‘yicha to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi to‘lov tashkilotining tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oshiriladi;
▪️ 2025 yil 1 fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari bo‘yicha Agentlikning axborot-ma’lumotnoma xizmatlarini ko‘rsatuvchi “1070” qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan xizmati (“Ishonch telefoni”) faoliyati test rejimida yo‘lga qo‘yiladi.