Kecha, 31 dekabr kuni Toshkent metro vagon parkiga 4 vagonli 3 ta yangi harakat tarkiblari olib kelindi. Bu haqda metropoliten rasmiy kanalidv xabar berildi.
Ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.