AsosiyJamiyat

Quyuq tuman O‘zbekistondagi uchta aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi

Nukus, Urganch va Farg‘onada samolyotlarning qo‘nish va uchish vaqtlariga o‘zgartirishlar kiritilgan.

'Quyuq tuman O‘zbekistondagi uchta aeroport faoliyatini cheklab qo‘ydi'ning rasmi

Nukus, Urganch va Farg‘ona aeroportlarini erta tongdan quyuq tuman qopladi. Aeroportlarda noqulay ob-havo sharoiti tufayli havo kemalarini qabul qilish va uchirilishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi, deya xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.

Xususan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Sankt-Peterburg – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY-9638 reysi samolyoti soat 06:04 da Buxorodagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Toshkent – ​​Urganch/Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-51/52 reyslari ham kechiktirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Toshkentdan Urganchga soat 12:00 ga, qaytish reysi esa soat 14:15 ga ko‘chirildi.

Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent - Nukus yo‘nalishi bo‘yicha HY-11 reysi ham Nukusdagi tuman sabab mahalliy vaqt bilan soat 11:30 ga qoldirildi.

Shuningdek, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Farg‘ona aeroportida samolyotlarni qabul qilishga cheklovlar joriy etildi. "Silk Avia" aviakompaniyasining Toshkent - Farg‘ona yo‘nalishidagi UC-401 reysi mahalliy vaqt bilan soat 11:20 ga ko‘chirildi. Farg‘ona aeroporti samolyotlarni uchirishga odatdagi rejimda ishlamoqda.

    Boshqa yangiliklar