Rossiya Fanlar Akademiyasining Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti hisobotiga ko‘ra, agar Vashingtonning Xitoyga iqtisodiy bosimi samarasiz bo‘lib chiqsa, XXR va AQSHning ikki tomonlama munosabatlarida keng ko‘lamli inqiroz va harbiy mojaro tahdidi paydo bo‘lishi mumkin.
“2025 yilda Xitoy-Amerika munosabatlarida keskinlik kuchayadi, bu Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatga va jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deyiladi hisobotda.
Mualliflarning qayd etishicha, agar yil oxirigacha AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoyga iqtisodiy bosim befoyda va samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilsa, u Tayvan masalasidan foydalanib, Xitoyga bosimni kuchaytirishga urinib ko‘rishi mumkin.
“Bunday holatda XXR va AQSHning ikki tomonlama munosabatlardagi keng ko‘lamli inqiroz va harbiy mojaro tahdidiga duch keladi”, — deyiladi Institut hisobotida.