Tasvirlarda bir erkak o‘smir yoshdagi bolaga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotganini ko‘rish mumkin. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ma’lumotlariga ko‘ra, erkak mazkur bolani o‘z o‘g‘li bilan janjallashgani uchun kaltaklagan.
Hozircha voqea aynan qachon va qayerda sodir bo‘lganiga oid rasmiy ma’lumot berilmagan. Shuningdek, holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar munosabati ham ochiqlanmagan.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Foydalanuvchilar voqeaga huquqiy baho berilishi va aybdorlarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini talab qilmoqda.
Holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot e’lon qilinishi bilan xabar yangilanadi.






