“El-yurt umidi” jamg‘armasi iqtidorli va istiqbolli stipendiatlaridan biri Muhammad Yusuf Faxriddinovning bevaqt vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qildi”,—deya bildiradi Elvina Mustafina.
Muhammad Yusuf Faxriddinov AQShdagi Stony Brook universitetida kompyuter texnologiyalari va informatika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatning 4-bosqichida tahsil olayotgan bo‘lgan. U jamg‘armaning namunaviy va istiqbolli stipendiatlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Yaqinlari va do‘stlari uni maqsadga intiluvchan, ilm-fanga va Vatanga xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan, iqtidorli yosh sifatida esga olmoqda.
Hozirda “El-yurt umidi” jamg‘armasi Tashqi ishlar vazirligi hamda konsullik idoralari bilan hamkorlikda holat yuzasidan barcha tafsilotlarni aniqlash ishlarini olib bormoqda. Marhumni Vatanga olib kelish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar esa to‘liq nazoratga olingan.
Jamg‘arma marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.






