AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Mar-a-Lagodagi qarorgohida matbuot anjumani o‘tkazdi.
Matbuot anjumanida Tramp Rossiya - Ukraina masalasiga to‘xtaldi:
Rossiya uchun eng katta muammo bu Ukrainaning NATO tarkibida bo‘lishi. Men ularning his-tuyg‘ularini tushunaman. Bayden ma’muriyati ushbu masala bo‘yicha muzokaralarda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi;
Barcha tomonlar, shu jumladan Rossiya va G‘arb hamisha Ukraina NATO‘ga a’zo bo‘la olmasligini tushunib kelgan. Ukraina va Rossiya kelishuvga erishishga yaqin turgan edi, biroq Bayden Ukraina NATO a’zosi bo‘lishi kerakligini aytdi va kelishuv amalga oshmadi;
Menimcha, Rossiya Bayden ma’muriyati qobiliyatsiz ekanini ko‘rgani uchun Ukrainaga hujum qildi. Bayden jamoasidagilar nima qilayotganlarini bilishmaydi. Lekin biz nima qilayotganimizni bilamiz va bularning barchasiga barham beramiz. Bizning qudratli armiyamiz bor. Ukrainadagi urushni olti oy ichida to‘xtatishga umid qilaman. Putinning men bilan muloqot qiilishga tayyorligidan xabardorman, biroq biz inauguratsiyasidan keyingina muzokaralarni boshlashimiz mumkin", - dedi AQSHning saylangan prezidenti.