Maskning biografi va Garvardning huqushunoslik bo‘limi bitiruvchisi Set Abramson Ilon Maskning ruhiy salomatligiga shubha bildirdi. Abramson Tesla asoschisining ruhiyatidagi muammolar va giyohvand moddalarni iste’mol qilish tarixiga ishora qilib shunday degan.
The Economic times nashri yozishicha, biograf Maskning AQSH Hukumat faoliyati samaradorligi oshirish departamenti (DOGE) rahbari sifatida kelgusidagi roli va uning asosiy tarmoqlar ustidan nazorati xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirdi. Abramson hozirgi ma’muriyatni shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.
Abramson X-dagi postida ikki yil davomida Maskning onlayn faoliyatini kuzatib bor ganini aytdi. "Men qonuniy ravishda Ilon Mask aqldan ozgan bo‘lishi mumkinligiga ishonaman", degan u postida. U o‘zining xavotiriga sabab sifatida Maskning tan olingan "aqliy kasallik, og‘ir giyohvand moddalarni iste’mol qilish va asabiy stress" tarixini keltirdi. "Amerikani Ilon Maskdan himoya qiling", deya qo‘shimcha qilgan Abramson.
Abramsonning fikricha, Maskning Tramp ma’muriyati huzuridagi AQSH Hukumat faoliyati samaradorligi oshirish departamenti (DOGE) rahbari lavozimiga kelishi va uning X kompaniyasiga egalik qilishi potensial xavfli vaziyatni tug‘diradi. Abramson amaldagi ma’muriyatni nisbatan chora ko‘rishga, jumladan Mask bilan hukumat shartnomalarini bekor qilishga va uni tergovga tortishga chaqirgan.
Ba’zi “X” foydalanuvchilari Abramsonning fikrlarini takrorlab, Maskning boshqaruv qobiliyatiga shubha bildirib izoh qoldirishgan. Boshqa bir foydalanuvchi esa shunday deb yozgan:
“U milliarder, nega u shaxsiy orol sotib olib, qolgan umrini sabzavot yetishtirish va sohilda sayr qilish bilan o‘tkazmaydi? Men shunday qilgan bo‘lardim."
Ayrimlar esa Maskni himoya qilgan.
"Menimcha, uning maqsadi eng innovatsion sivilizatsiya qurish – u oq odamlar madaniyatini saqlab qolish uchun musulmonlar immigratsiyasi va boshqa tahdidlarga qarshi turishi tabiiy. Bu klassik o‘ta o‘ng yoki fashistik yondashuv emas, balki texno elitizm hisoblanadi”, degan foydalanuvchilardan biri.