AsosiyDunyo

Tramp Kanadaning AQSHga qo‘shilgan xaritasini e’lon qildi

Suratda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada hududi Amerika bayrog‘iga bo‘yalgan.

'Tramp Kanadaning AQSHga qo‘shilgan xaritasini e’lon qildi'ning rasmi

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kanada bilan biriktirilgan xaritasini taqdim etdi. Xarita tasviri uning Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan.

Suratda Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada hududi Amerika bayrog‘iga bo‘yalgan. Tramp post ostida "Oh, Kanada", deya izoh qoldirgan.

Keyinchalik u o‘z profiliga Kanada qo‘shib olingan Qo‘shma Shtatlarning boshqa rasmini ham joylashtirgan, faqat bu safar "Amerika Qo‘shma Shtatlari" so‘zlari butun birlashgan hudud bo‘ylab joylashtirilgan.

O‘tgan yil noyabr oyi oxirida Tramp Kanadadan import qilinadigan mahsulotlarga 25 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qilgandi. U shunday farmonni davlat rahbari sifatidagi birinchi kuniyoq imzolashini aytdi.  Uning inauguratsiyasi 20 yanvarga belgilangan. Avvalroq “Fox News” Tramp Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoga agar uning mamlakati yuqori tariflarga bardosh bera olmasa, AQSHning 51-shtatiga aylanishi kerakligini aytgani haqida xabar bergan edi.

Bir necha kun oldin esa 53 yoshli Jastin Tryudo Kanada Bosh vaziri va hukmron Liberal partiya yetakchiligidan iste’foga chiqishini e’lon qildi. Siyosatchi 6 yanvar kuni Ottavadagi Rideau Sottage qarorgohida murojaat qildi. Vazirlar Mahkamasi rahbari, shuningdek, parlament ishi 24 martgacha to‘xtatilishini qo‘shimcha qildi. Tryudo 2015 yilning noyabrida Bosh vazir lavozimini egallagan va ikki marta qayta saylangan. Ikki yil avval yuqori narxlar va uy-joy tanqisligi sababli u aholining g‘azabiga uchragan, keyinroq vaziyat yumshay boshladi.

Birinchi prezidentlik muddati davomida Tramp Daniyaga Grenlandiyani sotib olishni taklif qilgan edi. Biroq, keyin Kopengagen uning taklifini keskin rad etdi va mamlakat Bosh vaziri Mette Frederiksen buni "bema’nilik" deb atadi, shuning uchun Oq uyning bo‘ljak rahbari hatto Daniyaga safarini ham bekor qildi. 2024 yil 22 dekabrda Tramp ushbu mavzuga qaytishga qaror qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar butun dunyo bo‘ylab milliy xavfsizlik va erkinlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan Grenlandiyaga egalik qilish va uni nazorat qilishni mutlaq zarurat deb hisoblaydi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Klod Malyur Trampni Rim imperatori Neronga qiyosladi'ning rasmi

    Dunyo 07.03.2025 21:17

    Klod Malyur Trampni Rim imperatori Neronga qiyosladi

    Ilon Maskni “ketaminli masxaraboz” deb atadi.

    'AQSH Eron, Suriya, Yaman va boshqa bir qator davlatlar fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlaydi'ning rasmi

    Dunyo 07.03.2025 20:09

    AQSH Eron, Suriya, Yaman va boshqa bir qator davlatlar fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqlaydi

    Tramp ma’muriyati «qizil» ro‘yxatdagi mamlakatlar fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqlashni rejalashtirmoqda.

    'Janubiy Koreya sudi Prezident Yunni hibsga olish orderini bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo 07.03.2025 11:53

    Janubiy Koreya sudi Prezident Yunni hibsga olish orderini bekor qildi

    Yun Sok Yol yanvar oyida qisqa muddatga harbiy holat joriy qilgani va isyonchilik qo‘zg‘atish ayblovlari bilan hibsga olingan edi.

    'Suriyada Asad tarafdorlari Jo‘loniy hukumatiga qarshi namoyish boshladi'ning rasmi

    Dunyo 07.03.2025 09:40

    Suriyada Asad tarafdorlari Jo‘loniy hukumatiga qarshi namoyish boshladi

    Qurbonlar bor, ikkita shaharda komendantlik soati joriy etildi.

    'Xitoyda 125 million yil avval yashagan gigant chayon topildi'ning rasmi

    Dunyo 06.03.2025 21:24

    Xitoyda 125 million yil avval yashagan gigant chayon topildi

    Bu tur ilgari hech qachon uchramagan bo‘lib, tadqiqotchilar uni "Jeholia longchengi" deb nomladi.

    'Tramp ma’muriyati Zelenskiyning muxoliflari bilan yashirin muzokaralar boshlagan'ning rasmi

    Dunyo 06.03.2025 18:24

    Tramp ma’muriyati Zelenskiyning muxoliflari bilan yashirin muzokaralar boshlagan

    AQSH prezidenti jamoasi vakillari Yuliya Timoshenko va Petro Poroshenko partiyasi a’zolari bilan muloqot uyushtirgan.