AsosiyJamiyat

Namanganda FVB boshlig‘i, Sirdaryoda FVBining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i qo‘lga olindi

FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari, tezkor bo‘linma boshlig‘i esa 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

'Namanganda FVB boshlig‘i, Sirdaryoda FVBining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i qo‘lga olindi'ning rasmi

Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘zining 5 nafar oila-a’zolariga mazkur tuman hokimining 2021 yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining tezkor bo‘linmasi boshlig‘i o‘zining mansabdor tanishlari orqali, Guliston shahrida yashovchi, 1995 y.t. fuqaroni shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:25

    Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat 10 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:10

    Bugun O‘zbekistonda harorat 10 darajagacha ko‘tariladi

    Respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi.

    'O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiqot qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:52

    O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiqot qilinadi

    Ushbu maqsadlar uchun Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan O‘zbekistonga 2 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratildi.

    'Rahbarlarning korrupsiyaga moyilligini tekshirish taklif etilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 09.01.2025 21:56

    Rahbarlarning korrupsiyaga moyilligini tekshirish taklif etilmoqda

    Mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlar uchun zaxirada turganlarga ham tatbiq etilishi nazarda tutilmoqda.

    'Malayziyadagi qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari O‘zbekistonga keltiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 09.01.2025 18:12

    Malayziyadagi qadimiy qo‘lyozmalarning nusxalari O‘zbekistonga keltiriladi

    Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi institutida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomidin Gadoyev ham ishtirok etdi.

    'O‘zbekistonda AI-80 benzini sotuvi 2025 yilda cheklanishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 09.01.2025 10:37

    O‘zbekistonda AI-80 benzini sotuvi 2025 yilda cheklanishi mumkin

    Bu haqda 2025 yilgi Davlat dasturi loyihasida aks etgan.