Rossiya Ukraina bilan 25 ga 25 shaklida almashinuv amalga oshirdi. Bu haqda rus OAVlari xabar tarqatdi.
Jarayon BAA vositachiligida bo‘lib o‘tgan bo‘lib, rossiyalik harbiylar Belarusga topshirilgan.
"Rossiya asirligidan Ukrainaga 25 nafar tinch aholi va harbiylar qaytarildi. Ular orasida Mariupoldagi “Azovstal”da qo‘lga olingan harbiy xizmatchilar va Ukraina Qurolli Kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasida qatnashgan askarlar bor", — dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.