AsosiyDunyo

Moskvadagi reydda 426 nafar migrant qo‘lga olindi

Ularning barchasi Savdo markazida ushlanib, huquq-tartibot idoralariga olib ketilgan.

'Moskvadagi reydda 426 nafar migrant qo‘lga olindi'ning rasmi

Moskvadagi “Prins Plaza” savdo markazida o‘tkazilgan reyd davomida 426 nafar migrant qo‘lga olindi. Savdo markazida o‘tkazilgan reyd davomida, Rossiya Federatsiyasida noqonuniy yashayotgan 426 nafar migrant aniqlanib, ular tegishli tartibda huquq-tartibot idoralariga olib ketilgan. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Shuningdek, “Prins Plaza”da migratsiya hujjatlari va chegaradan o‘tish shtamplarini soxtalashtirish bo‘yicha faoliyat olib borgan butun boshli laboratoriya ham aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, 2025 yil 1 yanvardan boshlab Moskva viloyatida alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi, ko‘cha savdosi, ijtimoiy xizmatlar, sport, madaniyat, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi qator sohalarda patent bo‘yicha ishlaydigan xorijiy fuqarolarning mehnatidan foydalanishga cheklovlar joriy etildi. Bunday chora-tadbirlar qonunbuzarliklar sonini kamaytirish va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar