AsosiyJamiyat

Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilandi

Bu haqida Hukumat qarori qabul qilindi.

'Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilandi'ning rasmi

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi huzuridagi “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (27-son, 21.01.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, quyidagilar “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat siyosatini yuritish va tartibga solish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda ilmiy-texnik ishlar asosida takliflar (tavsiyalar) ishlab chiqish;
  • atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslashga doir ekspertiza o‘tkazish; 
  • atom energiyasidan foydalanish sohasida radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha normativ bazani rivojlantirish va takomillashtirish;
  • radiatsiya va yadro xavfsizligi masalalari bo‘yicha davlat dasturlari, xalqaro loyihalar hamda dasturlarni ishlab chiqishda, shuningdek, nazorat va litsenziyalash faoliyatini texnik, tahliliy hamda eksperimental qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish;
  • radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda ilmiy asoslangan xavfsizlik, modellashtirish va hisoblash tahlilini o‘tkazish;
  • radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish sohasida ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish, yaratish, shakllantirish va saqlash;
  • o‘z vakolati doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘ona tumanida narkolaboratoriya fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:12

    Farg‘ona tumanida narkolaboratoriya fosh etildi

    3 nafar shaxs xonadonni har oyiga 250 AQSH dollaridan ijaraga olib, u yerda giyohvandlik vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanishgan.

    '"Majburiy ovoz yig‘ish uchun maoshingizdan ushlab qolishlariga yo‘l qo‘ymang!”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:36

    "Majburiy ovoz yig‘ish uchun maoshingizdan ushlab qolishlariga yo‘l qo‘ymang!”

    Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘qituvchilarga murojaat bilan chiqdi.

    'Andijonda ham yer qimirladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:25

    Andijonda ham yer qimirladi

    Silkinish uchta tumanda qayd etilgan.

    'Bugun O‘zbekistonning bitta viloyatida yomg‘ir yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:19

    Bugun O‘zbekistonning bitta viloyatida yomg‘ir yog‘adi

    Respublikada harorat 15-20° atrofida bo‘ladi.

    'Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olish jarayonida aktrisani avtomobil bosib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 11.03.2025 20:11

    Ozoda Nursaidovaning klipini suratga olish jarayonida aktrisani avtomobil bosib ketdi

    Mashinani boshqargan voyaga yetmagan aktrisa boshqaruvni yo‘qotgan va Sabrina ustidan ikki marta o‘tib ketgan.

    'Samarqandda eshak so‘yib sotib kelgan qassob ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 11.03.2025 18:09

    Samarqandda eshak so‘yib sotib kelgan qassob ushlandi

    So‘yib kanalga tashlab ketgan eshak suyaklari uni fosh etdi.