AsosiySiyosat

Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shu paytga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Anvar Oripov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi.

'Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Qiziriq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtaldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Viloyat rahbari shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Anvar Oripov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilganligini bildirib, Allamurotov Sherxon Yo‘lliyevich nomzodini Qiziriq tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Sherxon Allamurotov 1986 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos. Podpolkovnik harbiy unvoniga ega.

Faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida turli vazifalarda, xususan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar Sh.Allamurotov 2023 yildan buyon Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Viloyat rahbari yangi hokimga tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi hamda faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Faollar hamda mutasaddilardan yangi hokim atrofida birlashib, tuman rivoji uchun samarali mehnat qilishni so‘radi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev Guterriш bilan nimani muhokama qildi?'ning rasmi

    Siyosat 05.08.2025 16:38

    Mirziyoyev Guterriш bilan nimani muhokama qildi?

    So‘nggi bir necha yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 13 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi.

    'Mirziyoyev Turkmanistonda mukofotlandi'ning rasmi

    Siyosat 05.08.2025 15:50

    Mirziyoyev Turkmanistonda mukofotlandi

    BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanaotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston prezidenti "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" orden bilan taqdirlandi.

    'Mirziyoyev Turkmanboshi shahrida Berdimuhamedov bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 05.08.2025 09:07

    Mirziyoyev Turkmanboshi shahrida Berdimuhamedov bilan uchrashdi

    Tomonlar o‘zaro ishonchga asoslangan strategik hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi'ning rasmi

    Siyosat 03.08.2025 20:22

    Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

    Prezident 4-5 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi.

    'O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari nega uchrashdi?'ning rasmi

    Siyosat 31.07.2025 01:46

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari nega uchrashdi?

    Ikki mamlakat vakillari savdo, infratuzilma va mintaqaviy integratsiyaga oid masalalar muhokama qildi.

    'Prezident: Anomal issiq ham, sovuq ham bahona emas'ning rasmi

    Siyosat 30.07.2025 16:00

    Prezident: Anomal issiq ham, sovuq ham bahona emas

    Mirziyoyev hokimlardan iqlimga mos yechim, eksportda aniq natija talab qildi.