AsosiyJamiyat

1 iyundan chegaradan kirishda avtotransportlarning elektron navbat tizimi joriy etiladi

Shuningdek, avtomobil yo‘llari bo‘ylarida yo‘lbo‘yi servis (“Service area” va “Service point”) obyektlari tashkil etiladi.

'1 iyundan chegaradan kirishda avtotransportlarning elektron navbat tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-28-son, 27.01.2025 y.) qabul qilindi.

 Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonning transport-logistika tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar belgilandi, jumladan:

avtomobil, temir yo‘l va havo transportida xalqaro yuk tashish umumiy hajmini kamida 2 baravarga oshirish;

transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravargacha oshirish;

konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 barobarga oshirish;

Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) O‘zbekistonning o‘rnini 55-pog‘onadan past bo‘lmagan darajagacha ko‘tarish.

Yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport-ekspeditorlik xizmatlariga QQS nol stavkada qo‘llanadi.

2025 yil 1 iyundan Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimi joriy etiladi.

 Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda Xalqaro avtomobil transporti sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etiladi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida yo‘lbo‘yi servis (“Service area” va “Service point”) obyektlari tashkil etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:47

    O‘zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

    Bu ikki mamlakat fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi.

    'O‘zbekistonda 4 kun ichida jinoyat olamiga aloqador bo‘lgan 418 nafar shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:33

    O‘zbekistonda 4 kun ichida jinoyat olamiga aloqador bo‘lgan 418 nafar shaxs ushlandi

    DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 27-31 yanvar kunlari “Antiterror-tozalash” keng ko‘lamli tadbirlari olib borildi.

    'Alisher Qodirov o‘zini haqoratlayotganlar ustidan arz qilmoqchi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:22

    Alisher Qodirov o‘zini haqoratlayotganlar ustidan arz qilmoqchi

    Deputatning gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatmaslikka chaqirig‘i keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi.

    'Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan QQSning 50 foizi qaytariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:02

    Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan QQSning 50 foizi qaytariladi

    Soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.

    '“E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:04

    “E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi

    Yaylovlar 49 yilgacha ijaraga beriladi.

    'O‘zbekistonda bitta qo‘mita tugatiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:58

    O‘zbekistonda bitta qo‘mita tugatiladi

    Bu haqda Prezident Farmoni qabul qilindi .