Toshkentda shifokorlar kaltaklandi. Bu haqda "Millar" informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bemor yigit do‘stlari bilan shifoxonaga borgan. Shundan so‘ng, bemorning do‘stlari va shifokorlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Aniqlanishicha, uch nafar sudlanuvchi yigitlar tibbiyot xodimlarini urgan va ularga turli darajada tan jarohatlari yetkazgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi tibbiyot xodimlariga qo‘l ko‘targan shaxslarga nisbatan sud hukmini e’lon qildi. Sudlanuvchilar Jinoyat Kodeksi 277-moddasi uchinchi qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblandi.
Ushbu moddaga binoan, har biriga uch yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo manzilli koloniyaga o‘tkazilishi belgilandi.