AsosiyJamiyat

Namanganda “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etgan firma 75 mln jarimaga tortildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tekshiruv o‘tkazishda davom etmoqda.

'Namanganda “Umra” ziyoratini noqonuniy tashkil etgan firma 75 mln jarimaga tortildi'ning rasmi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra Namangan viloyati, Namangan shahrida joylashgan “Makan United travel group" MCHJ ga nisbatan litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgani uchun moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln. so‘m) etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar