Toshkent shahar hokimligi huzurida tashkil etilgan "Toshkent invest kompaniyasi" AJ mutaxassislari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda transport oqimini o‘lchab, o‘rganib chiqdi hamda tahlil qilingan.
"Qish mavsumiga qaramasdan, ishlar iloji boricha qisqa muddatlarda amalga oshirildi.
Ishlar doirasida:
• 5700 m² yo‘l qoplamasi yotqizildi,
• 800 m suv chiqarish lotoklari o‘rnatildi,
• 1825 m ga bordyur toshi qo‘yildi,
• 610 m piyodalar yo‘lagi barpo etildi,
• 150 m drenaj quvurlari yotqizildi,
• 80 m metall panjaralar o‘rnatildi.
Hudud piyodalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda obodonlashtirilmoqda, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratildi, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.