Statistika agentligi O‘zbekiston Respublikasida nikohlanuvchi ayollarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishini e’lon qildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida, respublika bo‘yicha 271 776 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Qayd etilgan nikohlarni ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi foiz ko‘rsatkichida:
20 yoshgacha – 37,7%
20-30 yosh – 53,9%
31-40 yosh – 6,5%
41 yosh va kattalar – 1,9%.ni tashkil etadi