Vafot etgan barcha fuqarolarning jasadlarini O‘zbekistonga olib ketish bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi tomonidan tegishli konsullik, huquqiy va tashkiliy yordam ko‘rsatilmoqda.
Qayd etilishicha, shu yilning 30 yanvar holatiga ko‘ra, Turkiya hududida soxta spirtli ichimlikdan zaharlangan O‘zbekiston fuqarolari soni 23 nafarga yetdi. Ularning ikki nafari — ayol.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ba’zi vatandoshlarimiz davolanish kursini yakunlab, shifoxonadan chiqishgan, ayrimlari esa tibbiy muolajalarni davom ettirmoqda.
O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu masala bo‘yicha nazoratni davom ettirmoqda.