O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, Navoiy viloyatida shimolida, kechga tomon Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kechga tomon biroz qor yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo‘ladi.